Kompozitor

Mehroj Muxtorov

Kompozitor

Biografiya

Muxtorov Mehroj Islomovich 1986-yil 6-avgustda, Samarqand shahrida, hunarmand oilasida tug’ilgan. 1992-yil o’rta maktabda, 1996-yil musiqa maktabida akkordeon cholg’usi bo’yicha o’qishga qabul qilingan. 2003-yil Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand san’at kolleji (hozirda Samarqand ixtisoslashtirilgan san'at maktabi) ga o’qishga qabul qilinib  akkordeon cholg’usida Anatoliy Advolodkin sinfida o’qishni davom ettiradi. Kollejdagi o’qish davrlaridayoq mustaqil musiqa bastalashni boshlaydi. Samarqanddagi ustozi, kompozitor Halim Mamadaliyev unga yo’l-yo’riq ko’rsatib turadi. 2006-yil kollejni a’lo baholarga tamomlab O’zbekiston Davlat konservatoriyasi, kompozitsiya yo’nalishi bo’yicha Nadim Norxo’jayev sinfida ta’lim ola boshlaydi. O’qish davomida turli xil janrdagi asarlarni bastalab, talaba bastakorlar o’rtasidagi turli xil tanlovlarda qatnashib faxrli o’rinlarga munosib topiladi. 2010-yil bakalavrni “Skripka va simfonik orkestr uchun konsert” diplom ishi bilan tamomlaydi. 2011-yil O’zbekiston Davlat konservatoriyasi, magistratura bosqichiga qabul qilinib kompozitsiya yo’nalishidagi ta’limni davom ettiradi. Magistraturadagi o’qishi davomida turli janrlar, kamer va orkestr tarkibidagi, jumladan: fortepiano, skripka, torli kvartetlar, simfonik orkestr va xalq cholg’u orkestrlariga asarlar yozadi, turli xil loyiha va tanlovlarga qatnashadi. 2013-yil magistraturani simfonik orkestr uchun yozilgan “Konsert-simfoniya” diplom ishi bilan bitiradi.         2013-yildan boshlab Samarqand san’at kollejida musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, XMA, cholg’ushunoslik, cholg’ulashtirish va kompozitsiya fanlaridan dars berib kelmoqda.         2015-yildan O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi. Kompozitorning asarlari musiqa yo'nalishidagi o'quvchi-talabalarning oʻquv pedagogik hamda konsert repertuarlaridan munosib oʻrin olgan. Hozirda kompozitor Mehroj Muxtorovning asarlari nafaqat O'zbekiston Respublikasida, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ham ijro etilmoqda, jumladan: Qozog'iston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina, Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Slaveniya, Turkiya, Eron, Litva, Latviya, Germaniya, Ispaniya, AQSH shular jumlasidandir.

Yutuqlar

Sertifikat

Milliy kompozitorlar tanlovidagi faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma

Diplom

Yilning faol ijodkori, 2022-yil

Mashhur asarlar

  1. 12 OY 12 VALS
  2. 8 ta etyud
Barcha asarlarni ko'rish